Goal24.uz » Ўзбекистон » Timur Kapadze: «Qur’adan ko‘nglim to‘ldi»

Timur Kapadze: «Qur’adan ko‘nglim to‘ldi»

Автор: admin

U19 Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlari Indoneziya, Kamboja va Eron jamoalari bilan birgalikda "A" guruhidan joy oldi.

Mazkur marosimdan so‘ng, U19 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Eronga qarshi ochilish uchrashuv qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Yaxshi guruh bo‘ldi. Ikki kuchli va ikki kuchsizroq jamoa. Indoneziya va Kambojaning nimaga qodirligini hali bilmaymiz. Ularni endi o‘rganib chiqamiz. Eronni esa bilamiz: ularning har qanday yoshdagi jamoalari jismoniy jihatdan kuchli bo‘lgan.

"V" guruhi esa kuchli jamoalardan tuzildi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq va Bahrayn o‘rtasidagi o‘yinlar muxlislar uchun qiziq bo‘ladi.

Asosiy maqsadimiz o‘z guruhimizda birinchi o‘rinni olib, narigi guruhdan kimga to‘g‘ri kelishimizdan qat’iy nazar, chorak final bahsiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Asosiysi musobaqani o‘z uyimizda o‘tkazyapmiz. Agar karantin bo‘lmaganida qur’a tashlash marosimi Toshkentda chiroyli o‘tkazilgan bo‘lar edi. Yurtimizda o‘tadigan musobaqada muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida, nasib qilsa, oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz", — dedi Kapadze.
Manba: ufa.uz

116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *