Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Timo Verner: «Chelsi»da meni yorqin kelajak kutayotganiga ishonaman»

Timo Verner: «Chelsi»da meni yorqin kelajak kutayotganiga ishonaman»

Автор: admin

«Chelsi» klubi Timo Verner transferini e’lon qilgach, futbolchi yangi klubiga o‘tishi haqida dastlabki fikrlarini bildirdi.
«Chelsi» bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Bu klub safida to‘p surishdan faxrlanaman. «Leypsig» jamoasi va uning ajoyib muxlislaridan minnatdorman. Ularning yillar davomidagi qo‘llab-quvvatlashi bugungi darajaga yetishimga yordam berdi. Men bu yerda ajoyib o‘tgan 4 yilni o‘tkazdim. Bu jamoa bir umrga qalbimdan joy oladi.
Yangi mavsumni, jamoadoshlarim, murabbiylar va muxlislar bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutaman. Bu klubda meni yorqin kelajak kutayotganiga ishonaman», - deydi Timo Verner.
Ma’lumot uchun, Verner 2019/20 yilgi mavsumda «Leypsig» safida 43 o‘yinda maydonga tushib, 32ta gol va 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *