Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona»ning 3 futbolchisi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi (+qaydnoma)

«Barselona»ning 3 futbolchisi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi (+qaydnoma)

Автор: admin

"Barselona" murabiylar shtabi Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Sevilya"ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

"Ko‘k-anorranglilar" himoyachilari Samuel Umtiti va Serxi Roberto, shuningdek, yarim himoyachi Frenki de Yong qaydnomadan o‘rin olishmadi. Fransiyalik futbolchining sariq kartochkalari soni 5taga yetgani uchun navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborsa, Roberto va De Yong jarohat olishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi ertaga — 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadi.

«Barselona»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya

Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Xunior Firpo, Inyaki Penya, Ronald Arauxo, Chumi

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Artur, Arturo Vidal, Riki Puch, Aleks Kolyado, Ramon Rodriges Monchu

Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Ansu Fati, Kike Saverio

179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *