Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona»ning sobiq murabbiyi bedavo xastalikka chalindi

«Barselona»ning sobiq murabbiyi bedavo xastalikka chalindi

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq murabbiyi Xuan Karlos Unsue tuzalmas kasallikka chalinganini e’lon qildi.
53 yoshli mutaxassisda yon tomonlama amiotrofik skleroz borligi aniqlandi. U vaqt o‘tishi bilan mushaklarning yemirilishi va sholga olib keladi.
«Barselona» sobiq murabbiyiga dalda berib: «Xuan Karlos, seni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Kuchli bo‘lib qol», – deb yozdi «Tvitter» sahifasida.
Unsue darvozabon sifatida «Sevilya», «Barselona», «Osasuna» va «Tenerife» klublarida o‘ynagan. 2003-2010 yillarda «Barselona»da darvozabonlar murabbiyi bo‘lgan.
2013 yilda «Selta» klubida Luis Enrike murabbiylar shtabiga kirgan. 2014 yilda ikkalasi «Barselona»ga o‘tgan. 2017 yilda mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlab, «Selta»ni qo‘lga olgan. So‘nggi klubi «Jirona» bo‘lgan edi.


147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *