Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Tiago Silva yana Italiyaga qaytadimi?

Tiago Silva yana Italiyaga qaytadimi?

Автор: admin

PSJ klubi himoyachisi Tiago Silva faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi kutilmoqda.
GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli braziliyalik futbolchiga "Fiorentina" qiziqib qolgan. Uning o‘zi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas.
Aytish kerakki, Silvaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy yoz o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Tiago Silva PSJ safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *