Goal24.uz » Ўзбекистон » Coca Cola Superliga taqvimida o‘zgarishlar yuzaga keldi

Coca Cola Superliga taqvimida o‘zgarishlar yuzaga keldi

Автор: admin

Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasida shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, mazkur Osiyo chempionati bahslariga mamlakatimizdagi to‘rt stadion – Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, Olmaliqdagi OKMK hamda Namangandagi “Markaziy” stadionlari mezbonlik qiladi.
Ta’kidlash lozim, O‘zPFL ishchi rejasiga ko‘ra, Coca Cola Superligasi 19 hamda 20-tur bahslari Osiyo chempionati uchrashuvlari vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, mazkur tur uchrashuvlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar mavjud.
Jumladan, 19-turdagi AGMK – “Mash’al” hamda 20-turdagi “Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvlari, “Bunyodkor” hamda OKMK stadionlari Osiyo chempionati bahslari uchun band ekanligi hisobga olinib, ushbu turda mezbonlar o‘zaro joy almashadi. Tabiiyki, 6-turdagi “Mash’al” – AGMK hamda 7-turdagi “Andijon” – “Bunyodkor” uchrashuvlari mezbonlari ham almashadi.
Shuningdek, 6-tur doirasidagi “Surxon” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi Termiz shahridagi hozirgi epidemiologik vaziyat tufayli Qo‘qon shahriga ko‘chirildi. Jamoalarning ikkinchi davra uchrashuviga esa, tabiiyki Termiz mezbonlik qiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ushbu mavsum taqvimi ishchi rejasini ishlab chiqqan. Ushbu taqvim terma jamoalar hamda klublar ishtirok etadigan barcha musobaqalar inobatga olinib tuzib chiqilgan bo‘lib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OChL bahslari taqvimini rasman tasdiqlasa, e’lon qilinadi.
Manba: O‘zPFL


215   
Добавить комментарий
Ваше имя: *