Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Shomurodov majburiy karantinga tushdi. Endi nima bo‘ladi?

Shomurodov majburiy karantinga tushdi. Endi nima bo‘ladi?

Автор: admin

Rossiya premer-ligasi bahslarining qayta tiklanishi, xususan “Rostov” va uning eng zo‘r hujumchisi Eldor Shomurodovning o‘yinlarini tomosha qilishni millionlab o‘zbekistonlik futbol muxlislari ham intiqlik bilan kutayotgan edi. Bugun "Rostov" safar uchrashuvida "Sochi" bilan kuch sinashishi kerak edi.
Biroq, chempionat tiklanishi arafasida “Rostov”ning olti futbolchisida koronavirus aniqlanishi rossiyalik futbol mutasaddilarini murakkab vaziyatga solib qo‘ydi. Tezkor chora sifatida Eldor Shomurodov va uning jamoadoshlari ikki haftalik majburiy karantinga olindi. Qolganlar esa buyog‘iga nima qilish haqida bosh qotirmoqda.
Rossiya futbol ittifoqi va Premer-ligasi rahbariyati mavsumni qayta tiklash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rmagani oshkor bo‘ldi. Garchi uch oy davomida futbolni qayta tiklash, tibbiy protokol ishlab chiqish, uni tegishli organlar nazoratidan o‘tkazish va ruxsat olish, tomoshabinlarni jalb qilinishini cheklash kabi qator muammolar hal etilgan bo‘lsa-da, “Rostov”dagi vaziyatdan so‘ng, mutasaddilarning nazaridan chetda qolgan dolzarb masalalar ham borligi bo‘y ko‘rsata boshladi.
Hozir kasallikka chalingan Roman Eremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashovni ayblash eng to‘g‘ri qaror emas. Lekin bunga kimdir javobgar bo‘lishi kerakku.
Tibbiy protokolga ko‘ra, futbolchilar muntazam test topshirishi kerak. Bunday vaziyatda qanday qilib olti kishi kasallanishi  mumkin? Ayni paytda infektsiya manbasini aniqlash qiyin bo‘lsa-da, sababi aniq – “Rostov”da karantin qoidalari qo‘pol tarzda buzilgan yoki sanitariya tartiblariga amalga qilinmagan.
Bunga kim aybdor?
Soha mutaxassislari “Rostov”ning o‘zini ayblamoqda. Agar jamoa bazasida sanitariya tartiblari buzilgan bo‘lsa, bu klub rahbariyatining loqaydligi va aybi. Futbolchilar yoki bir futbolchi koronavirus ilashtirib olgan bo‘lsa, bunga ham karantin qoidalarini va jamoani xavfga qo‘yib bo‘lmasligini o‘yinchilarning ongiga singdirolmagan, ularning xatti-harakatini to‘liq nazoratga ola bilmagan klub ma’muriyati javobgar!  
Germaniya bu borada to‘g‘ri echim topa oldi. Chempionat tiklanishidan avval, jamoalar mehmonxonalarga joylashtirildi va tashqi olam bilan muloqot umuman to‘xtatildi. Hatto tish pastasi olish uchun do‘konga chiqib kelgan “Augsburg” bosh murabbiyi majburiy karantinga olinib, jamoasining dastlabki o‘yinini o‘tkazib yubordi. Nemislar tutgan yo‘l chempionatni belgilangan muddatda yakunlash imkonini beradi.
Rossiyada esa hali boshlanmagan chempionat jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Oldinda  o‘yinlarga muxlislarni kiritish masalasi ham bor. O‘zini ehtiyot qilolmagan klub misolida tomoshabinlarni nazorat qilishning imkoni yo‘qligi ko‘rinib qoldi. Tibbiyot protokoli ideal echim emasligi ham oshkor bo‘ldi. Bundan vaziyatda klublarning o‘zi ehtiyot choralarini ko‘rishi talab etiladi. Hozircha buni 15 ta jamoa uddalamoqda. Lekin “Rostov” pand berib qo‘ydi.
Vaziyatni o‘rganayotgan mutaxassislar “Rostov” uchun asosan uchta variantni taklif etmoqda. Bular –  chempionat o‘yinlariga rostovliklarning ikkinchi tarkibini qo‘yish, uchrashuvlarni ko‘chirish va jamoaga texnik mag‘lubiyat yozish. Agar maydonda yoshlar to‘p sursa, “Rostov” Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish orzusidan mosuvo bo‘ladi. Eldor Shomurodov ham to‘purarlar bahsidan chiqadi. O‘yinlar ko‘chirilishi shundoq ham tig‘iz tuzilgan taqvimni buzib yuboradi. Karantin vaqtida jamoaga mag‘lubiyat yozish esa qoidaga zid.
170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *