Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Mourino: «Reshford ajoyib ish qildi, bu bilan uni tabriklayman»

Mourino: «Reshford ajoyib ish qildi, bu bilan uni tabriklayman»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi avvalroq Buyuk Britaniya hukumatiga murojaat qilib, bepul vaucherlarni ko‘paytirish va koronavirus pandemiyasi davrida muhtoj bolalarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni so‘ragandi. Reshfordning chiqishidan so‘ng hukumat xayriya uchun 120 mln funt ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«U ajoyib ish qildi, bu bilan uni tabriklayman.
Menimcha, futbolchining bunday ta’sirga ega bo‘lishi biroz g‘ayrioddiy. Hukumat buni qilish to‘g‘ri ekanligini tushundi. Lekin hukumat bir o‘yinchi chiqib, ularga bosim o‘tkazgunicha kutmasligi kerak edi.
Men bir necha yil oldin tanishgan 18 yoshli yigit hozir erkak va o‘z prinsiplariga ega inson. Markus bolaligidan o‘ziga o‘xshagan bolalar uchun kurashadi va ularga xayriya qiladi», – deb Mourinoning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, Reshford va  portugaliyalik mutaxassis «MYU»da 2,5 yil birga ishlashgan.


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *