Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Risharlison van Deykdan kuchliroq bo‘lgan uch himoyachini aytdi

Risharlison van Deykdan kuchliroq bo‘lgan uch himoyachini aytdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 29-turi doirasidagi «Everton» - «Liverpul» uchrashuvi oldidan mezbonlar hujumchisi Risharlison mehmon jamoa himoyachisi Virjil van Deyk haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Van Deyk haqida juda ko‘p gapirishdi. To‘g‘ri, u yaxshi himoyachidir, ammo eng yaxshisi emas. Men uni bir necha bor dog‘da qoldirganman. Virjil o‘tgan mavsumda jahonning eng yaxshi uch futbolchisi ro‘yxatidan joy olgan bo‘lsa-da, men uchun undan kuchliroq bo‘lgan uch himoyachi bor. Bular «Real» himoyachisi Serxio Ramos va «PSJ»dagi hamyurtlarim Markinos va Tiago Silva», - deydi braziliyalik forvard Desimpedidos’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, «Everton» 21 iyun yakshanba kuni o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *