Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Valeriy Karpin: «Rostov» jamoasi «qamoq»da o‘tiribdi, «Sochi»ga qarshi kim o‘ynashini bilmayman»

Valeriy Karpin: «Rostov» jamoasi «qamoq»da o‘tiribdi, «Sochi»ga qarshi kim o‘ynashini bilmayman»

Автор: admin

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi»ga qarshi uchrashuv o‘tkazilishi haqidagi savolga javob berdi.
«Men hech narsani bilmayman. Nimasi tushunarsiz – biz o‘ynamaymiz. Hammamiz «qamoq»da o‘tiribmiz. «Sochi»ga qarshi kimlar o‘ynashini bilmayman», - deya Karpinning so‘zlarini keltirmoqda «R-Sport».
RPL saytining yozishicha, klub ayni damda 2002-2003 yillarda tug‘ilgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Sochidagi bahsda asosiy tarkib emas, «Rostov»ning 17-18 yoshli futbolchilaridan iborat jamoa tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Rostov» klubining 6 nafar futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli klubning jami 42 nafar a’zosi ikki haftaga karantinga olingan. Shunga qaramay, «Sochi»ga qarshi o‘yin qoldirilishiga mezbon jamoa rozi bo‘lmagani uchun mehmonlar safarga yoshlardan iborat jamoani yuborishdi. O‘yin bugun, 19 iyun kuni o‘tkaziladi.


129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *