Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Real» o‘yinchilarining futbolkalari auksionda sotildi — eng qimmati Modrichniki

«Real» o‘yinchilarining futbolkalari auksionda sotildi — eng qimmati Modrichniki

Автор: admin

AQSHda tashkil etilgan auksionda «Real» o‘yinchilarining «Eybar»ga qarshi o‘yinda kiygan futbolkalari sotuvga qo‘yildi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Luka Modrich 14 iyun kungi o‘yinda foydalangan formasi eng qimmat narxga sotildi — 7 ming yevro.

Eden Azarning futbolkasi 3,2 ming yevroga narxlangan bo‘lsa, Serxio Ramosning formasi uchun 3101 yevroga xaridor topildi. Zaxiradan maydonga tushgan Garet Beylning futbolkasi esa 1,5 ming yevroga sotildi.

Auksiondan tushgan mablag‘ «Real»ning turli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi. Klub joriy mavsum oxiriga qadar har bir o‘yindan keyin o‘yinchilarning futbolkalarini auksionda sotishni rejalashtirmoqda.
Manba: sport24.ru

131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *