Goal24.uz » Ўзбекистон » Yaralangan “sherlar” parvoz qilayotgan “qaldirg‘ochlar”ga qarshi. “Paxtakor” 19-iyun kuni “Bunyodkor” bilan jang qiladi

Yaralangan “sherlar” parvoz qilayotgan “qaldirg‘ochlar”ga qarshi. “Paxtakor” 19-iyun kuni “Bunyodkor” bilan jang qiladi

Автор: admin

19-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur o‘yinlariga start beriladi. Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda poytaxtning ikki klubi — “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘zaro kuch sinashadi.

“Paxtakor”—“Bunyodkor”

Uchrashuv oldidan jamoalarning kayfiyatlari turlicha, “Bunyodkor” o‘tgan turda “Qo‘qon-1912”ni qabul qilib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, musobaqaning amaldagi g‘olibi “Paxtakor” kutilmaganda Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:0).
“Paxtakor” bungacha dastlabki uch turda g‘alabaga erishgan. Shota Arveladze shogirdlari “Navbahor” (2:1), “Buxoro” (3:0) va “Metallurg” (4:1) klublarini mag‘lubiyatga uchratdi. “Bunyodkor” esa joriy yilgi chempionatning dastlabki ikki turida “Surxon” va (3:1), “Mash’al”ni (1:0) mag‘lub etdi. 3-turda esa OKMKdan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Qayd etish joiz, Toshkentning mazkur jamoalari ko‘p yillardan buyon bir-biriga prinsipial raqib hisoblanadi. Uchrashuvning muhim jihatlaridan yana biri — bu jamoalarning turnir jadvalida yonma-yon joylashganidir. Har ikkala klub ham bir xil: 9 ochkodan jamg‘argan holda, 2 va 3-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. “Sherlar”da to‘plar nisbati 9-3 bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar”da esa bu ko‘rsatkich 5-3 ni tashkil qiladi.

“Qo‘qon-1912”—“Qizilqum”

19-iyun kunidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Farg‘ona vodiysida o‘tkaziladi. Unda “Qo‘qon-1912” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.
Har ikkala jamoa vakillari ham o‘tgan turda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rdi. Mezbonlar Toshkentda “Bunyodkor” tomonidan taslim etilgan bo‘lsa, “Qizilqum” o‘z maydonida OKMKga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostidagi jamoa 6 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalining 6-pog‘onasidan o‘rin egallagan. “Qizilqum” esa bir ochkosi bilan 13-o‘rinda bormoqda.
“Qo‘qon-1912” bungacha o‘tkazilgan bellashuvlarning ikkitasida g‘alabaga erishgan. Qo‘qonliklar birinchi turda “Buxoro”ni 3:0, ikkinchi turda “So‘g‘diyona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Mehmonda kechgan “Metallurg”ga qarshi bahsda esa 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
“Qizilqum” esa dastlabki turlarda “Nasaf”, “Surxon”, OKMK jamoalaridan mag‘lubiyatga uchragan va faqat “Mash’al”ga qarshi bahsdagina durang qayd etgan.
Jamoalarning o‘tgan mavsumdagi o‘zaro o‘yinlarida tomonlar bir martadan g‘alaba qozongan.
Superliga
5-tur bahslari
19-iyun, juma

19:00. “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” | “Sport TV”

20:00. “Paxtakor” – “Bunyodkor” | “Mahalla”


177   
Добавить комментарий
Ваше имя: *