Goal24.uz » Ўзбекистон » Jerrard jamoasi «Lokomotiv» (Toshkent) darvozasiga 6ta gol urdi

Jerrard jamoasi «Lokomotiv» (Toshkent) darvozasiga 6ta gol urdi

Автор: admin

BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bugun, 11 yanvar kuni Dubayda Stiven Jerrard boshqaruvidagi «Glazgo Reynjers» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Shotlandiya klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini Andrey Fyodorov jamoasi uchun yig‘in doirasidagi dastlabki bahs bo‘ldi. Shunga qaramay, Dubaydagi o‘yinda Yevropa klubi O‘zbekiston jamoasidan bir kalla baland ekanligini amalda ko‘rsatdi. 
Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Jermeyn Defo hisobni ochib bergan o‘yinda shotlandiyalik futbolchilar «Lokomotiv» jamoasi darvozasini 6 marotiba nishonga olishdi. «Temiryo‘lchilar»ning yagona goliga zaxiradan maydonga tushgan Abdul Aziz Yusupov mualliflik qildi – 1:6.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi. 
11 yanvar. BAA, Dubay.
«Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Glazgo Reynjers» - 1:6
Gollar: Jermeyn Defo (10), Ojo (27), Steven Deyvis (49), Jeyms Taverniyer (70), Greg Styuard (79 pen., 90) - Abdul Aziz Yusupov (77)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov (Javohir Ilyosov, 46), Davron Hoshimov, Kavroshi, Oleg Zoteyev, Ibrohimov, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov (Kamron Saidazimov, 70), Diyor Turopov (Davron Umirov, 55), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev (Asadbek Ergashev, 71), Kiril Pogrebnyak (Abdul Aziz Yusupov, 60)
«Glazgo Reynjers»: Foderinghem, Edmunson, Patterson, Katich, Barisich, Jek, Erfild, Aribo, Ojo, Barker, Defo.



179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *