Goal24.uz » Европа жамоалари » “Partizan” — “Srvena Zvezda” uchrashuvi Chernogoriyada koronavirus tarqalishiga sabab bo‘ldi

“Partizan” — “Srvena Zvezda” uchrashuvi Chernogoriyada koronavirus tarqalishiga sabab bo‘ldi

Автор: admin

Manbaga ko‘ra, ikki hafta oldin Chernogoriya koronavirus pandemiyasidan xoli hudud ekanligini e’lon qilgan. Biroq ushbu haftada mamlakatda kasallik yana tarqala boshladi.
Chernogoriya klinik markazi direktori Yevto Yerakovichning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ro‘yxatga olingan to‘qqizta yangi holat chetdan olib kirilgan. Shu bilan birga, virusni yuqtirib olganlarning 7 nafari Belgraddagi o‘yinda ishtirok etgani aytilmoqda.
Shuningdek, Yerakovich yaqin kunlarda Chernogoriyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlar sonining yanada ko‘payishi kutilayotganini ta’kidladi.
Serbiya kubogi yarim finali doirasidagi Belgrad derbisi “Partizan”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvni bevosita stadiondan 16 ming tomoshabin kuzatib borgan.
Ma’lumot uchun, Chernogoriya Bolqon yarim orolining g‘arbida joylashgan davlat. U shimoli-sharqda Serbiya bilan chegaradosh, shu bois chernogoriyalik muxlislar Belgraddagi (Serbiya poytaxti) o‘yinni tomosha qilish uchun borgan.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *