Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «MYU» «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

APL. «MYU» «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Автор: admin

Angliya chempionatining 30-turi doirasida «Tottenxem» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘limda hududiy ustunlik mankunianliklar tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, bahsning 27-daqiqasida Bergveyn mehmonlar himoyachilaridan chaqqonlik bilan o‘tib ketib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi taymda Sulsher shogirdlari bosimni yanada oshirib borishdi. Ba’zi vaziyatlarda ularga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, bir vaziyatda Ugo Lyoris superseyv bilan jamoasini qutqarib qoldi.

Bahs tugashiga 9 daqiqa qolganida esa Pogba penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Brunu Fernandeshning 11 metrli jarimadan yo‘llagan zarbasini "Tottenxem" posboni qaytara olmadi.

Uchrashuvning asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida hakam "Tottenxem" darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi. Ammo VAR bu qarorni bekor qildi. Haqiqat qaror topdi.

Ushbu durang tufayli 8-o‘rinni egallab turgan "Tottenxem"ning ochkolari 42taga yetdi. "MYU" esa 46 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Ammo "Sheffild Yunayted" mazkur turda g‘alaba qozonsa, mankunianliklardan o‘tib ketadi.

Angliya premyer-ligasi, 30-tur
Tottenxem – Manchester Yunayted 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 27 Bergveyn, 1:1 – 81, penalti Brunu Fernandesh.
Tottenxem – Lyoris, OrYE, Devis, Sanches, Dayer, Sissoko, Lamela (Jedson Fernandesh, 70), Bergveyn (Lo Chelso, 70), Uinks, Son Xin Min, Keyn.
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Maguayr, Lindelef (Matich, 78), Uan-Bissaka, Maktomini (Bayi, 89), Fred (Pogba, 63), Brunu Fernandesh, Djeyms (Grinvud, 62), Marsyal (Igalo, 78), Reshford.
Ogohlantirishlar: Jeyms (41).

109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *