Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » Tiago Silva yangi klubdan qancha maosh talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Tiago Silva yangi klubdan qancha maosh talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

"PSJ" klubining markaziy himoyachisi Tiago Silva o‘zi bilan shartnoma imzolashni istayotgan jamoalarga qancha maosh istayotganini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi 10 million yevro miqdorida yillik maosh olishni ko‘zlamoqda. Ammo unga qiziqish bildirayotgan "Fiorentina" va "Everton" klublari Silvaning talabini qondirishga qodir emas. Ular 5,5 million yevrodan ortiq maosh to‘lay olishmaydi.
Manba: soccernews.ru

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *