Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Britaniya polisiyasi Pogbaning qimmatbaho avtomobilini musodara qildi

Britaniya polisiyasi Pogbaning qimmatbaho avtomobilini musodara qildi

Автор: admin

Buyuk Britaniya polisiyasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbaning narxi 356 ming yevro turadigan «Rolls Roys» avtomobini musodara qildi.

Fransiyalik futbolchi Britaniyadagi mashinalar raqamlari bilan bog‘liq qoidani buzgani uchun avtomobilidan vaqtinchalik ayrildi. Qoidaga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida kamida oy davomida Buyuk Britaniya hududida bo‘lgan har qanday avtomobil mahalliy raqamga ega bo‘lishi kerak. Pogba esa bunday raqamni olmagan edi.

Pogba jarimani to‘lab, yangi raqamlarni rasmiylashtirganidan keyin o‘z avtomobini qaytarib olishi mumkin.
Manba: sport.ua

121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *