Goal24.uz » Ўзбекистон » O‘zbekiston Kubogi. Birinchi bosqich uchrashuvlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Kubogi. Birinchi bosqich uchrashuvlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

O‘zbekiston Kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumini ochib beradigan birinchi bosqich bahslari 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Professional futbol ligasi mazkur bosqichdan o‘rin olgan to‘rtta o‘yinning boshlanish vaqtini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, ushbu bosqichda Pro-Liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichga yo‘l olgan to‘rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. Saralashning ikkinchi bosqich bellashuvlariga ham qur’a tashlanadi. G‘oliblar Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.
O‘zbekiston Kubogi
1-bosqich bahslari
23-iyun, seshanba

“Oq-tepa” — “Zomin” 17:30

“Neftchi” — “Xorazm” 17:30

“Turon” — “Sho‘rtan” 17:30

“Istiqlol” — “Dinamo” 17:30

Saralash bahslarida 90 daqiqa ichida g‘olib aniqlanmasa, to‘g‘ridan to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kubogi finali Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *