Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «Brayton» 90+5-daqiqada gol urib, «Arsenal» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

APL. «Brayton» 90+5-daqiqada gol urib, «Arsenal» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasida safarda «Brayton» mehmoni bo‘lgan «Arsenal» bu safar ham alamli mag‘lubiyatni tan oldi.
Uchrashuvdagi hisobni 68-daqiqada Pepe ochgan bo‘lsa-da, mezbonlar 75-daqiqada Dank tomonidan kiritilgan gol bilan muvozanatni tiklashdi. 
Ikki jamoa ham o‘yin yakunigacha g‘alabani ilib ketishga intilishdi. 90+5-daqiqada Mope Martines darvozasiga ikkinchi golni kiritib, «Brayton»ga muhim g‘alabani taqdim etdi – 2:1.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Arsenal» 40 ochko bilan 9-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Brayton» 29 ochko bilan 15-o‘ringa chiqib oldi.
APL. 30-tur.
Brayton – Arsenal 2:1

Gollar: 0:1 – 68 Pepe, 1:1 – 75 Dank, 2:1 – 90+5 Mope,
Brayton – Rayan, Dank, Uebster, Bern, Skelotto (Montoyya, 71), Muy (March, 46), Propper, Gross (Konnolli, 71), Bissuma, Trossard (Stivens, 87), Mope.
Arsenal – Leno (Martines, 40), Belerin, Kolashinats, Mustafi, Xolding, Genduzi, Sebalos (Uillok, 88), Pepe (Nelson, 87), Lyakazett (Nketia, 78), Obameyang, Saka (Tirni, 87).


146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *