Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. 90+2-daqiqadagi g‘alaba goli OKMKni 2-o‘ringa olib chiqdi

Superliga. 90+2-daqiqadagi g‘alaba goli OKMKni 2-o‘ringa olib chiqdi

Автор: admin

Superliga 5-turi doirasida OKMK - «Surxon» uchrashuvi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 90+2-daqiqasida Arslanmirat Amanov tomonidan jarima zarbasidan kiritilgan gol Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK jamoasini 11 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘ringa olib chiqdi.
Bahrom Haydarov boshchiligidagi «Surxon» esa mavsumdagi uchinchi mag‘lubiyatni qarshi olib, 4 ochko bilan 11-o‘ringa tushdi. 
Superliga. 5-tur. 20 iyun
OKMK – «Surxon» 1:0

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Abdurashid Xudoyberganov
Gol: Arslanmirat Amanov, 90+2
OKMK: 32.Suhrob Sultonov – 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 3.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov – 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 56), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Shahzod Nurmatov, 80) - Sanjar Tursunov, 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 56), 7.Elguja Grigalashvili.
«Surxon»:  1.Asilbek Amanov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Vladimir Bubanya, 7.Husniddin G‘ofurov, 8.Sherzod Karimov, 11.Aleksandr Kasyan, 19.Nuriddin Hasanov (21.A’zamjon Aliyev, 72), 20.Husniddin G‘ofurov 1997, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich, 77.Asror G‘ofurov.


139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *