Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «Vulverhempton» Londonda g‘alaba qozonib, «MYU»ga yetib oldi

APL. «Vulverhempton» Londonda g‘alaba qozonib, «MYU»ga yetib oldi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasida «Vest Hem» o‘z maydonida «Vulverhempton»ga mag‘lubiyatga uchradi.
Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida meksikalik forvard Raul Himenes, 84-daqiqada esa Netu tomonidan kiritilgan gollar «bo‘rilar»ga muhim g‘alabani taqdim etdi. 
Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 46taga yetkazgan «Vulverhempton» jamoasi turnir jadvalida «MYU»ga yetib oldi. Faqatgina to‘plar nisbatidagi farq tufayli Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari 6-o‘rindan joy olgan.
APL. 30-tur. 20 iyun 
Vest Hem – Vulverhempton 0:2
Gollar:
0:1 – 73 Himenes, 0:2 – 84 Netu.
Vest Hem – Fabianski, Ngakia (Frederiks, 81), Diop, Kressuell, Fornals (Yarmolenko, 81), Antonio, Felipe Anderson (Lansini, 67), Nobl, Bouen, Souchek, Rays.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Boli, Koudi, Doerti, Ruben Nevesh, Saiss, Dendonker (Traore, 64), Moutinyu, Ximenes, Diogu Jota (Netu, 64).


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *