Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Zinedin Zidan: Hakamlar “Real”ga boshqacha yondashmaydi. Gap tamom!

Zinedin Zidan: Hakamlar “Real”ga boshqacha yondashmaydi. Gap tamom!

Автор: admin

“Meni faqat “Real Sosyedad”ga qarshi kechadigan o‘yin qiziqtirmoqda. Mening o‘z fikrim bor va uni o‘zimda qoldiraman. Har kim o‘zicha o‘ylaydi. Biz faqat ertangi (bugungi) o‘yin haqida o‘ylayapmiz, chunki bu hozirda ahamiyatga ega yagona narsa. Hammasini maydonda isbotlamoqchimiz.
Borim shu. O‘zim yoqtiradigan ishni qila olaman, bu borada omadim chopgan, har kim ham bunday deya olmaydi. Ko‘plab odamlar kabi shikoyat qilishim mumkin, biroq murabbiy sifatida emas, bu hech narsani o‘zgartirmaydi.
Pozitiv kayfiyatni saqlashga va bor e’tiborimni ishga qaratishga harakat qilaman. Hakamlar bizga boshqacha yondashmaydi. Gap tamom! Bu borada boshqa hech narsa deyishni xohlamayman”, — deydi Zidan.
Fransiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa 21-iyundan 22-iyunga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00 da “Real Sosyedad”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba madridliklarni birinchi o‘ringa olib chiqadi.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *