Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «Chelsi» 2 daqiqa ichida 2ta gol urib, «Aston Villa» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

APL. «Chelsi» 2 daqiqa ichida 2ta gol urib, «Aston Villa» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasida «Aston Villa» o‘z uyida «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindagi hisob birmingemliklar tomonidan 43-daqiqada ochilgan bo‘lsa-da, 60-daqiqada Pulishich, 62-daqiqada Jiru tomonidan kiritilgan gollar London klubiga g‘alabani taqdim etdi.
Lempard shogirdlari ushbu natijadan keyin ochkolari sonini 51taga yetkazib, 4-o‘rindagi o‘rnini mustahkamladi. «Aston Villa» esa 26 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.  
APL. 30-tur. 21 iyun
Aston Villa – Chelsi 1:2
Gollar: 1:0 – 43 Xoz, 1:1 – 60 Pulishich, 1:2 – 62 Jiru.

Aston Villa – Nyuland, Konsa, Mingz, Targett, Xoz, Xurixeyn (Nakamba, 70), Duglas Luis, Grilish, Makginn (Xota, 87), El-Gazi (Trezege, 70), Devis (Samatta, 57).
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kante, Kovachich (Barkli, 55), Maunt, Loftus-Chik (Pulishich, 55), Villian (Jeyms, 90), Jiru (Abraham, 80)


158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *