Goal24.uz » Европа жамоалари » Frank Riberi 2013-yilgi “Oltin to‘p” o‘ziga emas, Ronalduga berilganidan hamon norozi ekanligini aytdi

Frank Riberi 2013-yilgi “Oltin to‘p” o‘ziga emas, Ronalduga berilganidan hamon norozi ekanligini aytdi

Автор: admin

O‘shanda fransiyalik futbolchi “Bavariya” safida Germaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongandi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida ham bosh sovringa ega chiqqan.
“Men ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritishim uchun yana nima qilishim kerak edi? Agar klub va terma jamoa bilan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonib, maydonda ham, uning tashqarisida ham insoniylik bilan ish tutsangiz-u, lekin buning natijasi bo‘lmasa... O‘shanda men uchun qiyin davrlar bo‘lgandi”, — deydi Riberi.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yilgi “Oltin to‘p” sovrini Krishtianu Ronalduga topshirilgandi. Ikkinchi o‘rinni esa Lionel Messi egallagan.
37 yoshli Riberi 2019-yildan beri “Fiorentina” sharafani himoya qilmoqda. Ushbu mavsumda u Italiya A Seriyasining 11 uchrashuvida 2 ta gol urgan va xuddi shuncha assistga mualliflik qilgan.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *