Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Roma”ga Vertongen kerak
 
Rimning “Roma” jamoasi “Tottenhem” jamoasi himoyachisi Yan Vertongen bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda.
Italiya nashrilarning ma’lum qilishicha, “Roma” yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. “Le Gazzeta Della Sport” nashrining ma’lum qilishicha, “Roma” Kris Smollingni sotib olmagani uchun ham Yan Vertongen bilan shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi bilan “Manchester Yunayted” va “Napoli” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Koutino uchun kim davogar?
Ayni damda ijara asosisa “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Filippo Koutino uchun kurash avjiga chiqmoqda. The Transfer Window nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” futbolchisi uchun asosiy da’vogar jamoalar nomi ma’lum.
Unga ko‘ra, “Everton”, “Tottenhem”, “Chelsi” va “Nyukasl” klublari yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q.
Manbada yozilishicha, braziliyalik futbolchini ingliz klublarining barchasi sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishni reja qilgan. Faqat “Everton”gina futbolchining transfer huqiqini to‘liq sotib olishi mumkin.
“Bavariya” himoyachisi nishonda

Myunhenning “Bavariya” jamoasi qanot himoyachisi Luka Ernandes PSJ klubi radariga tushib qoldi. “L'equipe”ning ma’lum qilishicha, Parij klubi yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Levin Kurzavaning o‘rnini aynan Lyuka Ernandes bilan to‘ldirqmoqchi.
Manbada yozilishicha, Lyuka ikkita qanotda ham birdek faolik namoyish etishga qodir futbolchi bo‘lgani bois, uni PSJ uni sotib olishga qaror qilgan. 24 yoshli futbolchining o‘zi Myunhenda jarohati sababli o‘zini ko‘rsata olmadi.
Myunhen klubi o‘z futbolchisini sotmoqchi emas, biroq agar PSJ himoyachi uchun 90 million yevro taklif qilsa vaziyat o‘zgarishi mumkin.
“Ayaks” yulduzi qaysi klubga o‘tadi?

Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi futbolchisi Serjino Dest yozda grand jamoalardan biriga o‘tishi mumkin. AQSHlik futbolchi bilan “Bavariya” klubi jiddiy qiziqib qolgan.
“Sky Germany” nashrining ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchining o‘zi ham Gollandiyani tark etishga qarshi emas. Uning agenti allaqachon grand jamoalar bilan muzokaralar olib bormoqda. “Ayaks” o‘z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Dest bu mavsumda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 gol+6 ta assistga mualliflik qildi.
Xedira ketadimi?
 
Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira yozda katta ehtimol bilan jamoasini o‘zgartiradi. Turin klubi germaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Shu sababli, “Yuve” o‘z Hedira borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.
Italiya manbalarida yozilishicha, futbolchi bilan asosan MLS klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sababli, uning agenti allaqachon MLS klublari bilan muzokara o‘tkazishni boshlab yuborgan.

247   
Добавить комментарий
Ваше имя: *