Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Shomurodovga yangilik!

Shomurodovga yangilik!

Автор: admin

“Rostov” rahbariyati Rossiya premer-ligasi tarixida eng yirik hisob qayd etilgan “Sochi”bilan uchrashuvni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda.
Xabaringiz bor, rostovlik futbolchilardan olti nafarida koronavirus aniqlangani bois asosiy tarkib karantinga tushib qolgandi. Yoshlar tarkibi esa “Sochi”ga bas kela olmadi.
Endi huddi shunday vaziyatga Moskvaning “Dinamo” jamoasi duch keldi. Ulardan uch kishida koronavirus chiqdi va “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuv qoldirildi. Bu vaziyatda krasnodarliklar o‘yinni boshqa kunga ko‘chirishga rozi bo‘lgan. “Sochi” esa o‘yinni ko‘chirishga rozi bo‘lmagani uchun hamon muxlisu mutaxassislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Shunga qaramay, “Rostov” rahbariyati o‘yinni qayta o‘tkazishga erishmoqchi. Rossiya futbol ittifoqiga yaqin manbalar esa, buni deyarli imkoni yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Endi buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *