Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Sarri: «Umid qilamanki, Ronaldu yana fantastik futbolchiga aylanadi»

Sarri: «Umid qilamanki, Ronaldu yana fantastik futbolchiga aylanadi»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Krishtianu Ronalduning hozirgi holati haqida gapirdi. 
«Ronaldu bilan Italiya kubogidagi «Milan» va «Napoli»ga qarshi o‘yindan oldin gaplashib olgandim. Krishtianu faoliyati davomida 700tadan ortiq gol urgan. Hamma gollarini yaqqol hujumchi sifatida emas, turli nuqtalarda to‘p surib kiritgan. Uning o‘yin uslubi shunaqa. 
Kuni kecha Krishtianu bilan alohida uchrashib, ancha vaqt davomida gaplashib oldik. O‘ylaymanki, ertadan boshlab, eng kechi ushbu haftadan boshlab Ronalduning yana fantastik futbolchiga aylanishiga umid qilaman. U eng yuqori sport formasiga kirib bormoqda», - deydi Sarri Sky Sport Italia bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli portugaliyalik hujumchi joriy mavsumda 34 o‘yinda 25ta golga mualliflik qilgan.


98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *