Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Hujumchidan ko‘p gol uradigan himoyachilar

Hujumchidan ko‘p gol uradigan himoyachilar

Автор: admin

Zamonaviy futbolda eng murakkab nuqta bu himoyada to‘p surish. Jahon futbolida yulduz darajasiga ko‘tarilganlarga e’tibor qaratsangiz, ularning aksariyati hujumkor futbolchilardir. Ularning vazifasi bitta – faqat oldinga borib, gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlash. Hujumkor charm to‘p ustalarining mehnati o‘z samarasini yaqqol namoyon qiladi.
Mudofaa vakillarida unday emas. Garchi bir o‘yinda bartaraf etilgan hujumlar soni golli vaziyatlardan bir necha barobar ko‘p bo‘lsa-da, himoyachilarning mahorati ko‘pincha hujumchilar soyasida qolib ketaveradi.
Biroq, futbol olami himoyadagi ishlarini do‘ndirib, gol urishda hujumchilarga o‘rnak bo‘ladigan mudofaa vakillarini ham ko‘rgan. Albatta, bunaqa himoyachilar barmoq bilan sanagulik.
Ana shunday to‘purar himoyachilar o‘ynayodigan chempionat bu Ispaniya La Ligasidir.  La Liganing 30 turida “Real Sosedad” darvozasini ishg‘ol qilgan “Real” himoyachisi Serxio Ramos to‘purar himoyasilar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
“Real Sosedad” darvozasidan joy olgan aniq zarba, Ramos hisobiga 68-gol sifatida yozildi. Bu himoyachilar orasida eng yaxshi natija. Ramos 2005 yilgacha “Sevilya” sharafini himoya qilgan va 39 ta uchrashuvda ikkita gol urgan. Madridga ko‘chib o‘tganidan keyin La Ligada 447 o‘yinda yana 66 ta gol muallifi bo‘ldi.
Shu o‘rinda, “Real”ning sobiq himoyachisi Fernando Yerro faoliyati davomida 105 ta gol urgani ko‘rsatilgan. Lekin u bu gollarning aksariyatini yarim himoyachi ampluasida o‘ynagan o‘yinlarda kiritgan. Himoyaga o‘tganidan keyir raqib darvozasini 51 marta nishonga olishga erishdi.
Serxio Ramosning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u aksariyat gollarni hujumchilar singari o‘yindan uradi. 68 ta goldan atigi 12 tasi 11 metrlik nuqtadan kiritilgan.
To‘purar himoyachilar reytingida ikkinchi pog‘onadagi Ronald Kuman esa 67 ta golidan 46 tasini penaltidan urgan.   
Aksariyat hujumchilar havas qiladigan eng kuchli to‘purar himoyachilar reytingi bilan tanishing:
Serxio Ramos («Real») — 68 ta gol (12 tasi penaltidan)
Ronald Kuman («Barselona») — 67 ta gol (46 tasi penaltidan)
Fernando Yerro («Real») — 51 ta gol (19 tasi penaltidan)
Roberto Karlos («Real») — 46 ta gol (2 tasi penaltidan)
Pirri («Real») — 45 ta gol (16 tasi penaltidan)
Ko‘rib turganingizdek, to‘purar himoyachilarning deyarli barchasi “Real” vakili va faqatgina Ronald Kuman “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bu holat jamoalarning o‘yin uslubiga bog‘liqligini ham ko‘rsatadi. Qolaversa, reytingdagi himoyachilardan faqatgina Serxio Ramos futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda va buyog‘iga uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.


192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *