Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Jeymi Karrager “Liverpul” hujum triosining asosiy kamchiligi nimada ekanligini aytdi

Jeymi Karrager “Liverpul” hujum triosining asosiy kamchiligi nimada ekanligini aytdi

Автор: admin

“Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoa hujum chizig‘i haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Premyer Liga 30-turi doirasida “Liverpul” “Everton” bilan nursiz durang qayd etdi. Mazkur bahsda “qizillar” hujumchisi Muhammad Saloh ishtirok etmadi.
“Liverpul”ning hujum uchligi boshqa Yevropa klublarinikidan yomon emas, biroq ulardan bir yo‘q bo‘lib qolsa, hammasida pasayish sodir bo‘ladi. “Liverpul” “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotganida Muhammad Saloh o‘ynamagandi. Shu sabab jamoa hujum uchligini kuchaytirishi kerak.
“Liverpul”ning asosiy hujumchilari jismoniy jihatdan juda kuchli va ularning o‘yinlarda ishtirok eta olmaslik ehtimoli kam. Biroq ulardan biri yoki ayniqsa ikkisi uzoq vaqt maydonga tusha olmasa, kelasi mavsum jamoada muammolar paydo bo‘lishi mumkin”, — deydi Karrager.
“Liverpul” APL 30-turidan so‘ng 83 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *