Goal24.uz » Ўзбекистон » Toshkentdagi “nokaut“, yetakchilar safiga qo‘shilgan AGMK va "Metallurg" yoxud Superligada 5-tur yakunlari

Toshkentdagi “nokaut“, yetakchilar safiga qo‘shilgan AGMK va "Metallurg" yoxud Superligada 5-tur yakunlari

Автор: admin

18-19-20 iyun kunlari yashil maydonlarimizda O‘zbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Bir muncha qizg‘in ruhda kechgan bahslar ancha shiddatli, kutilmagan voqealar va gollarga boy tarzda yaknunlandi. Dastlab, Qo‘qonda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari, Superligada ishlari o‘nglanmayotgan “Qizilqum“ga qarshi maydonga chiqishdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar ko‘proq qarshi hujumlarga tayanib o‘yin ko‘rsatgan bo‘lishsa, ikkinchi taymda umuman boshqacha kayfiyat hukm surdi. Ya’ni, “Qo‘qon-1912“ raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin so‘nggida, Sobit Sindorov shundog‘am taslim bo‘lgan mehmonlar darvozasiga 4-golni ham yo‘llab hisobni yanada yirik ko‘rinishga olib keldi. Navoiyliklar chempionat boshidan buyon faqat ochko ulashayotgan jamoa bo‘lib qolyapti. Muxlislar, bu Tajmurod Agamurodovni ko‘proq xavotirga solishi hamda vaziyat tezroq yaxshilanishiga umid bog‘lashgan.

O‘sha kuni, ishqibozlar kutgan markaziy uchrashuv kutilmagan gollar shousiga aylandi. Dastlab jamoalar, xususan, tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lgan “Paxtakor“ biroz ortga chekinib, “Bunyodkor“ jamoasi hujumlarda faollik ko‘rsatayotgandek taassurot uyg‘otdi, lekin birozdan so‘ng ijrochilar o‘yinning kechishini butkul burib yuborishdi. Yakunda, o‘tgan turda yaralangan “sherlar“, hamshaharlarini ayab o‘tirishmadi 5:0.
20 iyunda Toshkent, Olmaliq va Namanganda o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Qahramonlikni davom ettirgan “So‘g‘diyona“ jamoasi bu gal chempionatning boshqa bir grandi, “Lokomotiv“ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Jasur Xasanovning say-harakatlari evaziga kiritilgan ikkita golga “temiryo‘lchilar“ bir marotaba javob qaytara olishdi. Ahamiyatlisi, jizzaxliklar 14 yil deganda yana, Toshkentda g‘alaba qozonishdi 1:2.

Olmaliqda, Mirjalol Qosimov shogirdlari ancha rang barang o‘yin namoyish etishdi. Tashkil etilgan bir qancha hujumlar, so‘nggi daqiqalarda samarasini berdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Arslonmurod Amanov “Surxon“ darvozasiga gol yo‘llab jamasiga g‘alaba keltirdi. Mavsum avvalidan boshlab, hozircha, mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “AGMK“ jamoasi, ayni paytda 11 ochko bilan turnir jadvalida 3 pog‘onani band etib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashga qo‘shildi.
Karantin zonasida qizil, turnir jadvalida xavfli hududda joylashgan, pandemiya sabab yetib kela olmagan bosh murabbiy va kerakli legionerlar xizmatiga ehtiyoj sezayotagan “Buxoro“ jamoasi, bu safar mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi. Namanganda “Navbahor“, Ivan Solovyov va Azizbek Turg‘unboylarning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi 2:0. Andrey Kancheliskis qo‘l ostidagi jamoa tobora shakklanib, chempionat doirasidagi 5 uchrashuvda 2 ta g‘alaba, 2 ta durrang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, ayni paytda stabel o‘yin namoyish etmoqda.
Yakshanbada, yetakchilardan biri “Nasaf“, Muborakda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. “Mash’al“ga qarshi kechgan, voha derbisida nursiz durrang qayd etildi 0:0.

Shu kuni, 5 tur hisobiga ko‘ra bironta ham g‘alabga erisha olmayotgan “Andijon“ o‘z uyida “Metallurg“ni qabul qildi. 10 ochko bilan yuqori o‘rinlarda borayotgan bekobodliklar Stanislav Andreevning dubli evaziga zafar quchishdi 0:2.
Uzoq muddatlik pandemiya tanaffusidan so‘ng jamoalar sekin-astalik bilan futbol mavsumiga moslashib bormoqdalar. Shu boisdan ham ma’lum kamchiliklar va to‘ldirilmagan bo‘shliqlarga guvoh bo‘lish mumkin. Ularni, milliy chempionat bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga ko‘rib borishi barobarida bartaraf etilishiga ishonamiz.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *