Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A Seriya. «Milan» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Fiorentina»da durang

A Seriya. «Milan» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Fiorentina»da durang

Автор: admin

Dushanba kuni Italiya A Seriyasi 27-tur bahslariga start berildi. «Milan» safarda «Lechche» ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishgan bo‘lsa, «Fiorentina» «Breshiya» bilan durangga rozi bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin milanliklar 39 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Lechche» 25 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi. «Fiorentina» 31 ochko bilan 13-o‘rinda bo‘lsa, «Breshiya» 17 ochko bilan eng quyi pog‘onadan siljiy olmayapti.  
Italiya A Seriyasi. 27-tur. 
Lechche – Milan 1:4
Gollar: 0:1 – 26 Kastilexo, 1:1 – 54, penalti Mankozu, 1:2 – 55 Bonaventura, 1:3 – 57 Rebich, 1:4 – 72 Rafael Leau.
Lechche – Gabriel, Rispoli, Luchoni, Mekkarello, Kalderoni, Taxsidis, Mankozu (Shaxov, 87), Saponara (Vera, 87), Petrichchone, Falko, Lapadula (El-Babakar, 46).
Milan – Donnarumma, Romanoli, Konti, Ker (Gabbiya, 40), Teo, Kessie (Lukas Paketa, 87), Kastilexo (Salemakers, 68), Bennaser, Chalhano‘g‘lu, Bonaventura (Bigliya, 86), Rebich (Rafael Leau, 68).
Fiorentina – Breshiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 17, penalti Donnarumma, 1:1 – 29 Petsselya.
Fiorentina – Drongovski, Kaseres, Petsselya, Chekkerini, Dalbert (Lirola, 46), Pulgar, Riberi (Kutrone, 90), Dankan (Gezzal, 67; Milenkovich, 73), Kastrovilli, Keza (Sottil, 90), Vlaxovich.
Breshiya – Yoronen, Semprini (Martella, 84), Mateyu, Sabelli, Papetti, Dessena, Tonali, Byarnason (Romulo, 55), Zmrgal (Shpalek, 66), Donnarumma, Skrabb (Torregrossa, 55).
Chetlatish: Kaseres (70, F).


156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *