Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A Seriya. Ronaldu va Dibalaning goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi

A Seriya. Ronaldu va Dibalaning goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 27-turidan joy olgan dushanba kungi uchinchi bahs «Bolonya» hamda «Yuventus» o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida Ronaldu VAR tizimi orqali belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini golga aylantirdi. 
36-daqiqada esa Paulo Dibala ajoyib zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga oshirib, yakunda «Yuve»ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Sarri jamoasi 27 o‘yindan keyin ochkolar sonini 66taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi – 2-o‘rindagi «Latsio» bilan oradagi farqni hozircha 4 ochkoga yetkazdi. Rim klubi seshanba kuni «Atalanta» mehmoni bo‘ladi.
22 iyun (dushanba)
Italiya A Seriyasi. 27-tur.
Bolonya – Yuventus 0:2
Gollar: 0:1 – 23, penalti Ronaldu, 0:2 – 36 Dibala.
Bolonya – Skorupski, Densvil, Deyks, Larangeyra, Tomiyasu, Soriano (Dominges, 75), Medel (Poli, 82), Sansone (Kandjano, 82), Svanberg (Palasio, 57), Orsolini (Juvara, 82), Barrou.
Yuventus – Shchensni, De Shilo (Danilo, 66), de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 71), Kuadrado, Bentankur, Rabo (Matyuidi, 70), Bernardeski, Dibala (Duglas Kosta, 79), Ronaldu. 
Chetlatish: Danilo (90)


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *