Goal24.uz » Европа жамоалари » Artur — Pyanich rokirovkasi amalga oshishga yaqin

Artur — Pyanich rokirovkasi amalga oshishga yaqin

Автор: admin

«Yuventus» va «Barselona» klublari o‘zaro futbolchi almashtirish borasida kelishib olishdi. Bu haqda "La Repubblica" xabar tarqatdi.

Kelishuvga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi Artur Turinga yo‘l olsa, "keksa sinyora" a’zosi Miralem Pyanich "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tadi. Mazkur transferlar doirasida qaysi jamoa qo‘shimcha pul to‘lashi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Ushbu transfer 30 iyungacha amalga oshirilishi kutilmoqda. Pyanich shaxsiy shartnoma «Barselona» bilan kelishuvga erishgan bo‘lsa, Artur shu paytgacha Kataloniyani tark etishni istamayotgan edi. "Yuventus" braziliyalik futbolchiga 5,2 million yevro yillik maosh taklif qilmoqda. Arturning "Barsa"dagi maoshi 3,2 million yevroga teng.
Manba: ua-football.com

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *