Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Maktominey «MYU» bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi

Maktominey «MYU» bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi jamoa yarimhimoyachisi Skot Maktominey bilan shartnoma uzaytirilganligini rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi shartnomaga ko‘ra shotlandiyalik futbolchi 2025 yilgacha Manchester klubida to‘p suradi. Shuningdek, yangi kelishuvga shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.
Maktominey «Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalib, u klub safidagi debyutini 2017 yilda «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda nishonlagandi.
23 yoshli xavbek asosiy jamoa safida jami 75 o‘yinda maydonga tushib, 6ta golga mualliflik qilgan. Joriy mavsumda esa APL doirasida 21 o‘yinda to‘p surib, 4 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *