Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. «Atletiko» 3-o‘ringa chiqib oldi

La Liga. «Atletiko» 3-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Ispaniya chempionatning 31-turi doirasida «Atletiko» safarda «Levante»ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa chiqib oldi.
O‘yinning 15-daqiqasida raqib himoyachisi Bruno Gonsales madridliklar hujumi vaqtida o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Yakunda esa ushbu gol «Atletiko»ga g‘alabani taqdim etdi.
Bu bahs bilan Diyego Simeone shogirdlari ochkolari sonini 55taga yetkazib, 53 ochkoga ega «Sevilya»dan o‘zib 3-o‘ringa chiqib oldi.
La Liga. 31-tur
Levante – Atletiko 0:1
Gol: 0:1 – 15, avtogol Bruno Gonsales.
Levante – Fernandes, Bruno Gonsales, Vezu, Tono, Koke (Morales, 60), Bardi (Ernani, 82), Radoya, Rochina, Vukchevich (Kampanya, 60), Roxer Marti (Miramon, 60), Leon (Mayoral, 70).
Atletiko – Oblak, Ermoso (Ximenes, 59), Aryas, Lodi, Savich, Koke, Lorente (Korrea, 59), Tomas (Morata, 84), Saul, Ferreyra Karrasko (Joau Feliks, 60), Diyego Kosta (Errera, 80).


124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *