Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. Rakitichning goli «Barselona»ni yana peshqadamga aylantirdi

La Liga. Rakitichning goli «Barselona»ni yana peshqadamga aylantirdi

Автор: admin

Ispaniya La Ligasi 31-turi doirasida «Barselona» «Kamp Nou»da Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida Buskets o‘rniga maydonga tushgan Ivan Rakitich 7 daqiqa o‘tib hisobni ochdi. Jarima maydoni ichida Messidan to‘pni qabul qilib olgan xorvatiyalik yarimhimoyachi Unai Simon darvozasini nishonga oldi - 1:0.
Yakunda ushbu minimal hisob Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi. 31-turdan keyin ochkolari sonini 68taga yetkazgan «Barsa» hozircha yana peshqadamga aylanib oldi. 
Bungacha karvonboshchilik qilayotgan «Real» 24 iyun chorshanba kuni o‘z maydonida «Malorka»ni qabul qiladi.
La Liga. 31-tur
Barselona – Atletik 1:0
Gol: 1:0 – 71 Rakitich.
Barselona – ter Stegen, Alba, Semedu, Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 64), Vidal, Artur (Puch, 56), Suares (Breytueyt, 85), Grizmann (Fati, 65), Messi.
Atletik – Unai Simon, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Lekue (Kapa, 69), Unai Lopes (Dani Garsiya, 57), Vesga, Kordoba (Muniain, 57), Sanset (Raul Garsiya, 78), Nunes, Uilyams (Vilyalibre, 69).


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *