Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Xames Rodriges: «Nega o‘ynamayotganligimni o‘zim ham bilishni istardim»

Xames Rodriges: «Nega o‘ynamayotganligimni o‘zim ham bilishni istardim»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges Madridda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani haqida gapirdi.
«Nega o‘ynamayapman? Yaxshi savol. O‘zim ham shu haqda bilishni istardim. Qator sovrinlarni yutgan, o‘zing ishongan jamoa bilan ishlash jarayonida nimanidir o‘zgartirish qiyin bo‘ladi. 
Odatda, murabbiy maydonga tushish imkoniyatini beravermagach, ahvol yanada qiyinlashadi. Nimaga qodirligingni qandaydir daqiqalar ichida ko‘rsatish esa juda qiyin. Bunday paytda o‘zing istagan narsani maydonda ko‘rsata olmaysan. Futboldagilar buni juda yaxshi tushunishadi.
Men haqimda nimalar deyishmadi deysiz, gaplarning yarmi yolg‘on. Menga eng yoqmaydigani professionalligimni shubha ostiga oladigan kishilar. Aynan professionalligim uchun shu darajaga erisha oldim, deb o‘ylayman. 
Zidan bilan oramizda hech qachon sovuqlik tushmagan. Men ham klubdagi barcha futbolchilar qatori navbatim kelishini kutib, mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlayapman. 
Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Menga tanlash imkoniyati berilsa, eng avvalo nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga imkon beradigan klubni tanlayman», - deya Xamesning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, oldinroq «Real» Xamesni yozgi transfer oynasida sotuvga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. Kolumbiyalik 28 yoshli yarimhimoyachiga «Everton», «Arsenal», «Atletiko» klublari qiziqish bildirgandi.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *