Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Setyen chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

Setyen chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

Автор: admin

Kataloniyaning «Barselona» klubi La Liganing 31-turida «Atletik» klubini qabul qildi va navbatdagi uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Kataloniyaliklar endilikda "Real"ni 3 ochko ortda qoldirmoqda, lekin madridliklar hisobida bitta zahira o‘yin bor. Setyenning fikriga ko‘ra, hech kim Madrid haqida o‘ylamayapti.
«Biz oldin qilgan ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. Raqib o‘yini haqida o‘ylashimiz kerak emas. Biz ketma-ket beshta o‘yindan beri gol o‘tkazmayapmiz. O‘sha o‘tgan o‘yinlarning faqatgina bittasida durangga erishdik, xolos. Umuman olganda, bu yaxshi harakat», – dedi «Barselona» bosh murabbiyi.
Kataloniyaliklar keyingi turni safarda «Selta» klubiga qarshi o‘tkazadi.

139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *