Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi bilan suratga tushish uchun maydonga yugurib chiqqan muxlis 4 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin

Messi bilan suratga tushish uchun maydonga yugurib chiqqan muxlis 4 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin

Автор: admin

Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida o‘tkazilgan “Malyorka” — “Barselona” uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan muxlis 4 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, sportdagi zo‘ravonlik va irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi muxlisga sport inshootlariga olti oy davomida tashrif buyurishni taqiqlash bilan birgalikda 4 ming yevro miqdorida jarima solishni taklif qilgan. O‘z navbatida “Malyorka” ham 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq tomoshabinlarsiz o‘tgan “Malyorka” — “Barselona” uchrashuvida muxlis Lionel Messi bilan suratga tushish maqsadida maydonga yugurib chiqqani haqida xabar berilgandi.
Mazkur uchrashuv 4:0 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo‘lgan.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *