Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » «PSJ» «Real» futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda

«PSJ» «Real» futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda

Автор: admin

«PSJ» sport direktori Leonardo «Real» yarim himoyachisi Takefuse Kuboga qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "AS" nashri.

Ma’lumotlarga qaraganda, 19 yoshli futbolchi parijliklarning taklifiga rad javobini berdi. "Qirollik klubi" ham uni sotmoqchi emas. Yaponiyalik futbolchining shartnomadagi tovon puli 250 million yevroga teng.

Kubo «Real»dagi o‘ynash orzusida bo‘lgani uchun bir yil avval «PSJ»dan tushgan taklifga rad javobini bergan edi.

Takefuse joriy mavsumda «Malyorka» safida ijara asosida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u La liga doirasida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru

125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *