Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » A seriya. Dramatik o‘yinda «Inter» ochko yo‘qotdi

A seriya. Dramatik o‘yinda «Inter» ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Italiya A seriyasining 27-turi doirasida «Inter», kutilmaganda, ochko yo‘qotdi. "Neradzurri" o‘z uyida "Sassuolo"ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi.

Mehmonlarning bahsning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Taym so‘ngida esa milanliklar nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga ham o‘tib olishdi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida "Inter" darvozasi tomon penalti belgilandi va Berardi hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib maydon egalari jarima zarbasidan unumli foydalanib, yana oldingi o‘tib olishdi.

Ammo so‘nggi daqiqada "Sassuolo" burchak zarbasidan so‘ng hisobni 3:3 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Italiya A seriyasi, 27-tur
Inter – Sassuolo 3:3 (2:1)
Gollar: 0:1 – 4 Kaputo, 1:1 – 41, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Biragi, 2:2 – 81, penalti Berardi, 3:2 – 86 Valero, 3:3 – 89 Manyani.
Inter – Xandanovich, Bastoni, Ranokkiya (de Vrey, 54), Shkrinyar, Biragi (Yang, 75), Valero, Mozes (Kandreva, 75), Eriksen (Agum, 62), Galyardini, Sanches (Martines, 62), Lukaku.
Sassuolo – Konsili, Ferrari, Rojerio (Kiryakopulos, 46), Myuldyur, Kirikesh (Manyani, 79), Jurichich, Manyanelli (Lokatelli, 58), Obiang, Boga (Garaslin, 67), Berardi, Kaputo (Defrel, 58).
Ogohlantirishlar: Rojerio (23), Shkrinyar (25), Bastoni (44).
Chetlatish: Shkrinyar (90+2).

167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *