Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Fergyuson ketgach, ilk marta «MYU» futbolchisi APLda het-trik qildi

Fergyuson ketgach, ilk marta «MYU» futbolchisi APLda het-trik qildi

Автор: admin

«MYU» futbolchisi Antoni Marsyal APL 31-turidan o‘rin olgan «Sheffild»ga qarshi o‘yinda uchta gol urdi. Bu futbolchining APLdagi ilk het-triki bo‘ldi.
Marsyal ser Aleks Fergyuson «MYU»dan ketgach, APLda het-trik qayd etgan jamoaning ilk futbolchisi bo‘ldi. Angliya chempionatida «MYU» safida oxirgi marta Robin van Persi het-trik qayd etgan. Niderlandiyalik superyulduz 2013 yil aprelda «Aston Villa» darvozasiga uchta gol urgandi.
Fransiyalik Antoni Marsyal shu tariqa joriy mavsumda «MYU» safida urgan gollari sonini 19taga yetkazib oldi. Bu hujumchining bir mavsumda urgan gollari soni bo‘yicha shaxsiy rekordi hisoblanadi.
Bu g‘alabadan so‘ng «MYU» ochkolari sonini 49taga yetkazib oldi va jamoa 5-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi «Chelsi» hisobida 51ta ochko bor va London klubi 31-tur o‘yinini ertaga «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, ser Aleks Fergyusondan keyin «MYU»ni Devid Moyes, Lui van Gaal, Rayan Giggz, Jozu Mourino va endilikda Ole-Gunnar Sulsher boshqarmoqda.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *