Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » "Bavariya" "Liverpul"ga ketishni xohlayotgan futbolchisini qanchaga qo‘yib yuboradi?

"Bavariya" "Liverpul"ga ketishni xohlayotgan futbolchisini qanchaga qo‘yib yuboradi?

Автор: admin

"Bavariya" klubi rahbariyati shartnomani uzaytirishni xohlamayotgan yarim himoyachi Tyago Alkantarani sotib yuborishga tayyor.
Goal.com sayti tarqatgan xabarga qaraganda, myunxenliklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 50 million evroga baholamoqda. Uning o‘zi esa "Liverpul"ga o‘tmoqchi.
Alkantara bu mavsum “Bavariya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.


143   
Добавить комментарий
Ваше имя: *