Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kulibali tanlaydi
 
““Napoli” jamoasi markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali mavsum yakunlangach transferga qo‘yiladi”,-deb xabar bermoqda “Sunday Times” nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, senegallik futbolchi uchun asosiy da’vogar “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari bo‘lib turibdi.
Ayni damda, himoyachi uchun italiya klubi 70 million yevro talab qilmoqda. Hozircha, Kaliduning keyingi klubi nomi ma’lum emas, biroq futbolchining o‘zi Pep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepishni avzal ko‘rmoqda.
Milik ketmoqchi
 
Neapol klubi hujumchisi Arkadiush Milik boshqa jamoaga o‘tmoqchi. Shartnomasi 2021 yilda yakuniga yetuvchi futbolchi klub bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va taklif etilgan shartnomani rad etdi.
Rahbariyat Milikni qo‘yib yubormoqchi emas, biroq uni erkin agent maqomida qo‘ldan chiqargandan ko‘ra sotib yuborish variant ma’qulroq ko‘rinmoqda. Shu sababli, “Napoli” yozda Milikni transferga qo‘yadi.
DAZN bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining o‘zi APL klublaridan birida o‘z kuchini sinab ko‘rishni niyat qilgan.
Markus ketadimi?
 
Portugaliyaning “Sporting” jamoasi yarim himoyachisi Markus Akunya yozda Lissabonni tark etadigan ko‘rinadi.
TMWnashrining ma’lum qilishicha, “sherlar” 28 yoshli argentinalik futbolchini jamoada olib qolmoqchi emas va u borasida kelib tushuvchi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbada ma’lum qilinishicha, Markus bilan “Roma”, “Latsio” va “Milan” jamoali jiddiy qiziqib qolgan. “Sporting” o‘z futbolchisni 15-30 million atrofida sotib yuborisha rozi.
Belottiga imkon
 
Milanning “Inter” klubi yozda “Torino” yetakchisi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilmoqda.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Belotti klubni yozda tark etishi mumkin bo‘lgan Lautaro Martinesning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Ayni damda, Belottining transfer qiymati 40 million yevroga teng.
Hozircha, Turin klubiga “Inter” rasman taklif bilan chiqqanicha yo‘q, biroq agar “Barselona” argentinalik futbolchini sotib olsa, Belotti qisqa muddat ichida “Inter” futbolchisiga aylanadi.
“Liverpul” Milotga qaytadi
 
Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Verder” vingeri Milot Rashis bilan shartnoma imzolash variant ustida bosh qotirmoqda.
Kickernashrining ma’lum qilishicha, “Verder”ning pastki ligaga qulab ketishi, kosovalik futbolchining narxi (38-15) tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli, “Liverpul” jamoani yozda tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Sherdan Shakirining o‘rnini aynan Milot bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.
Manbada yozilishicha, futbolchi bilan shaxsan Yurgen Kloppning o‘zi qiziqib qolgan bo‘lib, u o‘z jamoasida kosovalik futbolchini ko‘rishni istamoqda.

240   
Добавить комментарий
Ваше имя: *