Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Liverpul” ketma-ket 3-mavsum 100 ta gol urdi. APLning faqat bir klubi Klopp shogirdlaridan oldinda

“Liverpul” ketma-ket 3-mavsum 100 ta gol urdi. APLning faqat bir klubi Klopp shogirdlaridan oldinda

Автор: admin

“Liverpul” Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Kristal Pelas”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari joriy mavsumda o‘tkazilgan barcha musobaqalardagi 50 ta uchrashuvda 100 ta gol urdi. Qayd etish joiz, “qizillar” ushbu natijani ketma-ket uchinchi mavsum takrorlamoqda.
Premyer Liga klublari orasida ushbu mavsum faqatgina “Manchester Siti” mersisayd klubidan ko‘proq to‘p kirita olgan — 47 ta o‘yin, 118 ta gol (barcha musobaqalarda).
31-turdagi g‘alabadan keyin “Liverpul” ochkolari soni 86 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”da hisobida 63 ochko bor.
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *