Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Uesli Sneyder: “Real”daligimda aroq shishasi eng yaqin do‘stimga aylanib qolgandi

Uesli Sneyder: “Real”daligimda aroq shishasi eng yaqin do‘stimga aylanib qolgandi

Автор: admin

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder o‘zining “Real”dagi faoliyatini yodga oldi.
“Yosh edim, barchaning diqqat markazida edim va menga omadli bo‘lish yoqardi. Biroq Madridda hammasi boshqacha bo‘lib ketdi. Giyohvand moddalar qabul qilmaganman, biroq alokogol... Yulduzlardek yashashga o‘rganib qolgandim. Meni “Real” futbolchisi sifatida ardoqlashar edi, men esa minglab yevro sarflardim. Yaxshi o‘ynardim, ammo bundanda ko‘prog‘iga qodirligimni aytishardi.
Madridda bir o‘zim yashardim, kichik o‘g‘lim Jessini juda kam ko‘rardim. Aroq idishi eng yaxshi do‘stim bo‘lib qolganini jismonan sezmasdim. Ertalablari xuddi hech narsa bo‘lmagandek uyg‘onardim.
O‘ynashda davom etdim, biroq hammasi yomonlashib bordi, diqqat-e’tiborni susaytirdim. Hammasi joyida deya o‘zimni aldadim. Avvalgi formamni yo‘qotgandim, kam yugurib, buni texnika orqali berkitishga harakat qilardim. Buni hech kim sezmaydi deb o‘ylardim”, — deydi Sneyder.
Sneyder 2007—2009-yillar mobaynida “Real” safida to‘p surgan va klub bilan Ispaniya chempionati va Superkubogida g‘olib chiqqan. “Ayaks”, “Inter”, “Galatasaroy”, “Nitssa” va “Al-G‘arafa” klublarida to‘p ham surgan Sneyder 2019-yilning avgustida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *