Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. «Qizilqum» mavsumdagi 5-mag‘lubiyatni «Paxtakor»dan qabul qilib oldi

Superliga. «Qizilqum» mavsumdagi 5-mag‘lubiyatni «Paxtakor»dan qabul qilib oldi

Автор: admin

Superliga 6-turi doirasida amaldagi chempion «Paxtakor» jamoasi Navoiyda «Qizilqum» ustidan g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 47-daqiqasida Hamdamov, 74-daqiqada esa Derdiyo‘q tomonidan kiritilgan gollar Arveladze jamoasiga mavsumdagi 5-g‘alabani taqdim etgan bo‘lsa, Agamurodov klubiga esa 5-mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» 15 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirsa, «Qizilqum» 1 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.
Superliga. 6-tur. 25 iyun
«Qizilqum» – «Paxtakor» - 0:2

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artyom Kalinin, Shohruh A’zamov, Shuhrat Rajabov
Gollar: Dostonbek Hamdamov 47, Eren Derdiyo‘q 74
«Qizilqum»: 22.Artyom Makosin, 8.Ruslan Margiyev, 10.Alisher Sanoyev, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 23.Sherali Jo‘rayev, 25.Aziz Usmonov, 29.Makkartni Naveseb, 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov.
«Paxtakor»: 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 83), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (21.Abror Ismoilov, 83), 34.Farrux Sayfiyev (4.Akrom Komilov, 89), 77.Eren Derdiyo‘q (Igor Sergeyev, 83).


195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *