Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «Arsenal» va «Bernli»dan g‘alaba

APL. «Arsenal» va «Bernli»dan g‘alaba

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 31-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
APL. «Arsenal» va «Bernli»dan g‘alaba«Arsenal» ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin Nketia va Uillokning gollari evaziga safarda «Sauthempton»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Bernli» o‘z maydonida «Uotford»dan ustun keldi.
Ushbu g‘alaba evaziga Arteta shogirdlari ochkolari sonini 43taga yetkazib, 9-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, «Bernli» 42 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
31-tur. 25 iyun
Sauthempton – Arsenal 0:2
Gollar
: 0:1 – 20 Nketia, 0:2 – 87 Uillok.
Sauthempton – Makkarti, Bednarek, Stivens, Valeri (Uoker-Piters, 46), Bertran, Xeyberg (Vestergor, 90), Armstrong, Redmond, Uord-Prouz, Ingz (Romeu, 90), Obafemi (Long, 46).
Arsenal – Martines, Mustafi, Tirni (Kolashinats, 70), Xolding, Belerin, Djaka, Sebalos (Meytlend-Naylz, 80), Pepe (Uillok, 64), Nketia (Lyakazett, 79), Obameyang, Saka.
Chetlatish: Stivens (85). 
Bernli – Uotford 1:0
Gol:
1:0 – 73 Rodriges.
Bernli – Poup, Mi, Teylor, Louton, Tarkovski, Braunxill, Vestvud, Kork, Maknil, Vidra, Rodriges (Piters, 81).
Uotford – Foster, Douson, Kabasele (Ketkart, 46), Mazina, Femeniya, Kleverli (Dukure, 46), Xyuz (Chaloba, 83), Kapu, Sarr, Dini (Grey, 85), Uelbek.


176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *