Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kox “Tottenhem”da?!
 
Londonning “Tottenhem” jamoasi radariga “Frayburg” himoyachisi     Robin Kox tushib qoldi.
Bu haqida taniqli Bildnashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi 23 yoshli nemis futbolchisini sotib olish borasida ishlarni boshlab yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kox Yan Vertongenning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi a’zosining “Frayburg” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar amal qiladi.
Vernerning maoshi qancha?
 
Tez orada “Chelsi” futbolchisiga aylanishi kutilayotgan Timo Vernerning shaxsiy shartnomasi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
“Bild”ning ma’lum qilishicha, nemis futbolchisi “Chelsi” bilan shartnoma imzolagani uchun 11 million yevroga ega bo‘ladi.
Uning haftalik maoshi 270 ming yevro bo‘lib, bu yiliga 15,1 million yevro degani. Hozircha, shartnomasi borasidagi aniq ma’lumotlar shulardan iborat.
Elsatib o‘tamiz, Timo Verner “RB Leypsig” safida Bundesliganing 33 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 26 gol+8 ta assistni amalga oshirdi.
Sancho qaysi klubga o‘tmoqchi?
 
Dortmundning “Borussiya” jamoasi vingeri Jeydon Sancho faqat birgina klub uchungina Bundesligani tark etmoqchi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi faqat “Manchester Yunayted”dan kelib tushgan taklifnigina ko‘rib chiqadi. Shunga qaramay, Sanchoning bu mavsumda “qizil iblis”ga aylanishi juda mushkul. Gap shundaki, “Borussiya” o‘z futbolchisini 118 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” transfer oynasi ochilishidan avvalroq bankdan 140 million yevro kredit olishgani haqida rasmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Flik uni olib qolmoqchi
 
Myunhenning “Bavariya” jamoasi ustozi Xans Flik jamoasi yarim himoyachisi Tiago Alkantarani yozda sotib yuborishga qarshi.
“Kicker”ning ma’lum qilishicha, murabbiy 29 yoshli ispanni klubda olib qolish ilinjida. Jamoa tarkibida Kimmix va Goretskelarning bo‘lishiga qaramay, Flik Alkantara taktik juda muhim futbolchi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” pleymeykeri bilan APL klublari qiziqish bildirmoqda. Uning Myunhen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi.
“Monako”ga Slimani kerakmi?
 
Angliyaning “Lester” jamoasi hujumchisi Islam Slimani yozda “tulkilar” safiga qaytadigan bo‘ldi.
“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, “Monako” jazoirlik futbolchini sotib olishdan bosh tortmoqda. Vaholanki, Slimani “Liga 1” bahslarining 19 tasida qatnashgan, 9 ta gol va 7 ta assistni amalga oshirgan. Shunga qaramay, “Monako” uni ortga qaytarib yubormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchibumavsumni “Monako” safidaijaradao‘tkazdi. Uning “Lester” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallanan.
Bo‘lishi mumkin emas?!
 
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda o‘z safiga Edinson Kavanini qo‘shib olmoqchi.
Bu haqida, “DiarioSport” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy tanglik sababli yozda katta transferlarni amalga oshira olmaydi. Shu sababli, Kavani hujumdagi muammolarni vaqtincha berkitib turishi mumkin.
Elsatib o‘tamiz, 33 yoshli hujumchi bilan “Napoli”, “Atletiko”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublari jiddiy qiziqib qolgan.

240   
Добавить комментарий
Ваше имя: *