Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » De Bryuyne: «Manchester Siti» uchun 2-o‘rin ham juda yaxshi natija»

De Bryuyne: «Manchester Siti» uchun 2-o‘rin ham juda yaxshi natija»

Автор: admin

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdan keyin «Liverpul»ni muddatdan avval qo‘lga kiritilgan chempionlik bilan tabrikladi.
«Liverpul» ushbu mavsumda boshqalardan kuchli ekanligini isbotlagandi va haqli tarzda chempionlikka erishdi. Barchamiz «Liverpul»ni tabriklashimiz kerak. Ayni paytdagi holatimizdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, «Manchester Siti» uchun 2-o‘rin ham juda yaxshi natija. Biz to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Oldinda Chempionlar ligasi va Angliya kubogi bahslari kutib turibdi. Ushbu turnirlarda sovringa ega chiqsak, mavsum biz uchun fantastik o‘tgan bo‘ladi», - deydi belgiyalik 28 yoshli yarimhimoyachi.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» - «Manchester Siti» (2:1) o‘yinidan keyin «Liverpul» 7 tur avval rasman Angliya chempioniga aylandi.


92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *